Avtokredit, Ipoteka krediti, Onlayn kredit

Kredit kalkulyatori. Bu nima uchun kerak va uni qanday ishlatish kerak?

Har qanday byudjetning asosiy masalalaridan biri bu shaxsiy mablag’larni qanday rejalashtirish va boshqarish zarur degan savolga javob topishdir. Xarajatlaringizni va daromadlaringizni rejalashtirishni hoziroq boshlang, hali ham kech emas! Moliyani hisoblash zamonaviy odam uchun farovon hayotning asosiy elementlaridan biri bo’lib, kreditlar va qarzlarni nazorat qilish sizni qarz bilan bog’liq noxush holatlardan himoya qiladi. Bu borada bizning kredit kalkulyatorimiz sizga yordam berishi mumkin.

Kredit kalkulyatori nima?

Kredit kalkulyatori – bu sizning kredit shartnomangizni to’lash uchun oylik to’lov narxini hisoblash imkonini beradigan va ishlatishda qulay bo’lgan onlayn vosita. Bu juda sodda tarzda ishlaydi: siz kalkulyatorga kredit haqidagi ba’zi bir asosiy ma’lumotlarni kiritasiz va u sizga oylik to’lovlar jadvalini hisoblab chiqarib beradi.

Bank bilan tuzishni rejalashtirgan kredit shartnomasini batafsil baholash uchun siz quyidagi ma’lumotlarni tegishli shakllarda kiritsangiz kifoya:

– so’ralgan kredit miqdori,

– bank yoki kredit tashkilotining foiz stavkasi,

– kredit shartnomasining amal qilish muddati.

Ushbu ma’lumotlarni kiritganingizdan so’ng,  siz butun rejalashtirilgan kredit uchun oyma-oy to’lovlarning aniq grafik jadvalini olasiz.

Bank mutaxassislari uchun ohiri yo’q qatorlarda navbat kutib turishning hojati yo’q! Bizning kredit kalkulyatorimiz yordamida siz o’zingizning uyingizdan chiqmasdan, 1 tanga aniqlikda, oylik qarzni to’lash miqdorini hisoblash imkoniyatiga egasiz. Bu sizga taqdim etilgan shartlar asosida kredit olish yoki boshqa bankda yaxshiroq taklifni qidirib topish to’g’risida o’ylash imkoniyatini beradi.

Kredit kalkulyatorimizning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

– sizdan ortiqcha pul va vaqt sarflash talab qilinmaydi;

– onlayn kalkulyator oddiy va qulay interfeysga ega;

– kalkulyator kelajakdagi kredit shartnomasi shartlarini aniq tahlil qilishga imkon beradi.

Muddatli to’lov nima?

Muddatli to’lov – bu katta miqdordagi xaridni amalga oshirish uchun ishlatiladigan pulni qarzga olish usuli, masalan, mashina, ko’chmas mulk yoki oliy ta’lim muassasasida o’qish uchun to’lov. Kreditor tomonidan tasdiqlanganidan so’ng, qarz oluvchi bir martalik to’lovni qabul qilib oladi va uni oylik to’lovlar shaklida belgilangan muddat ichida to’lab boradi.

Muddatli to’lov bilan kredit o’rtasidagi asosiy farq shundaki, kredit shartnomasini faqat bank tashkiloti berishi mumkin. Bunday holda, kredit to’lovlarning ma’lum bir foizini, ya’ni bankdan qarz olgan summaning ortiqcha to’lanishini nazarda tutadi. Muddatli to’lov, o’z navbatida, qoida tariqasida, do’konda (yoki, masalan, avtosalonda) tuziladi, shu bilan birga qarz beruvchi va qarz oluvchi dastlabki summadan ortiqcha to’lov yo’qligi to’g’risida kelishib olish imkoniyatiga ega.

Annuitet nima?

Kreditlash tizimidagi “annuitet” kabi tushuncha to’lovlar sxemasini anglatadi, unga ko’ra ushbu to’lovlar bir xil miqdordagi va ma’lum to’lovlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda, bu doimiy ravishda teng vaqt oralig’ida to’lovlarni anglatadi.

Annuitet yordamida siz kelajakdagi to’lovning doimiy qiymatini ko’rishingiz mumkin, bu nafaqat ma’lum bir davr uchun foiz stavkasini, balki asosiy qarz miqdorini ham o’z ichiga oladi. Bu qarz oluvchiga taklif qilingan kredit shartnomasini to’lash qobiliyatini oldindan tahlil qilish imkoniyatini beradi.

Write A Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Boshlashga tayyormisiz?

Finekonom mutaxassisi bilan ushbu telefonda suhbatlashing (800-123-1234)